Yaponlar ikki soatda penoplastdan uy ko‘tarishni boshladi
Penoplastga olovbardoshli material bilan ishlov bersa, yumshoq va mo‘rt material g‘isht va betonning raqobatchisiga aylanib qoladi. Uyni qurishga atigi ikki soat vaqt ketadi. Narxi esa ming dollarga boradi.
Penoplast uylar o‘tovsimon dumaloq shaklda bo‘lib, qishda issiqni, yozda esa sovuqni saqlay oladi. Ishlab chiqaruvchilar bu uy 300 yil turishiga va’da bermoqda.
Bunday uylar qurishni O‘zbekiston sharoitida joriy etilsa ayni muddao bo‘ladi. Chunki qurilish materiallari qimmatlashgan davrda oddiy aholi uy qurish uchun katta sarf-xarajat qilishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Manba: sof.uz