Kashfiyot: sun’iy neyron yordamida miyaning zararlangan qismlarini tiklash mumkin

Rossiyalik olimlar miyaning sog‘lom hujayralariga axborot yetkazib beruvchi neyrochip yaratish ustida ish olib bormoqda. Bu chipdan bosh miyaning zararlangan qismlarini almashtirishda foydalanish mumkin. Mutaxassislar sun’iy neyrondan miyaning jonli hujayralariga jo‘natilgan axborotni qabul qildi.

Navbatdagi bosqichda signallarning bir neyrondan boshqasiga o‘tishi va joylashuvi mexanizmi o‘rganiladi. Masalan, insondagi falajlik paydo bo‘lishi xususiyatlarini o‘rganib, bu nerv tizimi faoliyati buzilishi va signal uzatuvining to‘xtashi bilan bog‘liqligini bilamiz. Sun’iy chip esa uzilib qolgan axborot jo‘natuvini tiklashga imkon beradi, deydi tadqiqotchilardan biri.

Bir vaqtning o‘zida sun’iy nerv hujayralari ustida ham ish olib borilyapti. Sun’iy neyrondagi elektr tebranishi bosh miya neyronlarida hosil bo‘ladigan elektr tebranishlarga o‘xshash ekanligi aniqlandi. Olimlar hayvonlarda olib borgan tajribalariga tayanib, ushbu kashfiyot yordamida zararlangan miyadagi elektr impulsini tiklashga umid qilmoqda.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  MUROSASIZ BAHSLAR unitilmas onlarni hadya etdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: