Qanday omillar bolalarning qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi?

Stratklayd universiteti tadqiqotchilari 2005–2006 yillarda tug‘ilgan 2200 nafar bolaning ma’lumotlarini tekshiruvdan o‘tkazdi. Bolalar 10 oyligidan boshlab 5 yoshigacha nazorat qilindi. Har yillik so‘rovlar davomida onalarning ish joyi va oilalarning boshqa xususiyatlari haqida ma’lumot to‘plandi. Bolalar besh yoshga to‘lganida mutaxassislar ularning nutq va fikrlash qobiliyatini baholashdi.

Tadqiqot onalarning faoliyati bolalar nutqi va tafakkuriga ta’sir etmasligini ko‘rsatdi. Olimlarning so‘zlariga qaraganda, bolalarning aqliy va nutqiy rivojlanish darajasi ko‘plab o‘zgaruvchan omillarga bog‘liq bo‘ladi. Onalar maoshining o‘zgarishi, ish jadvali, mehnat sharoiti va boshqa jihatlarini ham hisobga olish zarur. Agar onalar uzoq vaqt ishlaydigan bo‘lsa, bolalarga ta’siri bilinishi mumkin.

Onalarning bandligi bolalarning bilish qobiliyati darajasi va so‘z boyligidagi kichik farqlar bilan bog‘liqligi ma’lum bo‘ldi. Lekin olimlar bu farqlar oiladagi bolalar soni va ayollarning ma’lumot darajasi kabi omillar tufayli yuzaga kelganini ta’kidlashyapti.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Migrenda bosh og‘rig‘i shu qadar kuchli bo‘ladimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: