Yangi texnologiya erta qarishning oldini olishda yordam beradi

Xyuston ilmiy tekshiruv instituti xodimlari hujayralarning qarish jarayonini orqaga suruvchi texnologiyani ishlab chiqdi. Olimlar organizmning erta qarishi bilan harakterlanadigan progeriya kasalligiga qarshi dori ustida ish olib bordi. Progeriyaga yo‘liqqan bolalar 13–15 yoshlarida insult va infarktdan vafot etadi, deb yozadi The Daily Mail nashri.

Tadqiqotchilar xromosomalarning himoya elementi – telomerlarga e’tibor qaratdi. Ularning uzunligi qarigan sari kichrayib boradi. Progeriyaga uchragan bolalarda telomerlar qisqargan bo‘ladi. Olimlar telomerlar uzunligining tiklanishi hujayra faoliyatiga, uning stressni yo‘qotish xususiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi.

Mutaxassislar RNK-terapiyasini qo‘llab ko‘rdi. Telomerlar uzunligini tiklash xususiyatiga ega bo‘lgan fermentlarni ishlab chiqaruvchi RNK hujayra tarkibiga kiritildi. Ushbu ferment mavjudligi tufayli bir necha kun ichida hujayralar faoliyati sezilarli darajada yaxshilandi. Bundan tashqari, hujayralarning umri uzayganligi ham ma’lum bo‘ldi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  GO‘DAKLAR YOTGAN HOLDA SUV ICHISHI MUMKIN EMAS

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: