Fin olimlari havodan ovqat tayyorlash yo‘lini topdi
Lappeenranta texnologik universiteti xodimlari havo tarkibini yeyishga yaroqli bo‘lgan oqsil donachalariga aylantiruvchi qurilma yasadi. Ular mazkur loyihani amalga oshirib, sayyoramizdagi ochlikka barham berish niyatida.
Havo karbonat angidrid talab qiladigan maxsus bakteriyalar yordamida yemishga aylantiriladi. SO2ni yutgan mikroorganizmlar o‘z hujayralarining komponentlarini chiqaradi. Mikroblar belgilangan miqdorga yetgach, olimlar unga tok ta’sir qiladi. Organizmlar halokatga uchragach, shakar va oqsil molekulalari qoladi, ularni quritib ozuqaviy donador moddalarga aylantirish mumkin.
To‘g‘ri, hozircha, bu qurilmaning ish unumdorligi nihoyatda past. 1 gramm oqsil olish uchun kamida ikki hafta vaqt kerak. Ammo olimlar yaqin muddat ichida jarayonni tezlashtirib, kuniga bir necha kg oqsil olishni mo‘ljallayapti.
Manba: sof.uz