Ko‘zlar zararli bakteriyalardan qanday himoyalanadi?

Betesda (AQSH) tibbiyot instituti olimlari ko‘zning yuza qismida zararli bakteriya va viruslardan himoya qiluvchi noyob mikroblar bo‘lishini aniqladi. Olimlar firicha, ko‘z noyob tuzilishga ega.

Ko‘z tashqi muhit bilan doimiy aloqada bo‘lgani uchun bakteriya va viruslardan ko‘p zararlanadi. Uning yuza qismidagi maxsus immunitetli hujayralar, yosh tarkibidagi bakteriyalarni yo‘qotuvchi antitel va fermentlar infeksiya tarqalishiga qarshi kurashadi. Agar ushbu himoya mexanizmi ishlamasa, ko‘z shilliq qavatining yallig‘lanishi va boshqa noxush holatlar kelib chiqishi mumkin.

So‘nggi tadqiqotlar doirasida olimlar yana bir himoyachi vosita – Corynebacterium mastitidis bakteriyalarini aniqlashdi. Ularning ahamiyati ko‘z yalllig‘lanishi rivojlanayotgan sichqonlarda sinab ko‘rildi. Natijada, Corynebacterium mastitidis guruhi ko‘z shilliq qavati va yosh bezlari ichida muntazam yashashi ma’lum bo‘ldi. Bu bakteriyalar infeksiya tarqalishiga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. Ko‘z sirtida boshqa bakteriyalar paydo bo‘lganida immunitetli reaksiya harakatga keladi.

Tajriba uchun bir guruh kemiruvchilarning Corynebacterium mastitidis bakteriyalari yo‘q qilindi. Oqibatda, infeksiya tufayli ular ko‘rish qobiliyatidan ayrildi. Aynan shu bakteriya faoliyatining buzilishi ko‘z yallig‘lanishi kabi turli kasalliklar xavfini oshirishi aniqlandi. Mutaxassislar ko‘zning yuza qismida yana boshqa foydali mikroblar bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Zumrad faslda allergik kasalliklar kuchayadimi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: