Miyadagi naychali hujayralar umrni uzaytirish xususiyatiga ega
Nevrologlar bosh miyadagi naychali hujayralarning noyob hususiyatlarini kashf qilishdi. Bu hujayralar yoshartirish, umrni uzaytirish va qarishni to‘xtatish xususiyatiga ega, deb yozadi «Vesti.RU» nashri. Ular bosh miyaning moddalar almashinuvi va ichki sekretsiya va jinsiy bezlar faoliyatini boshqaruvchi qismi (gipotalamus) da bo‘ladi. Albert Eynshteyn tibbiyot kollejida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, gipotalamusdan hujayralar olib, vaqt siljishini keyinga surish mumkin.
Kemiruvchilarda tajriba o‘tkazildi: ularning tanasiga naychali hujayralarni o‘ldiruvchi viruslar kiritilganda xotira yomonlashuvi, chidamlilik va mushak kuchining kamayishi sodir bo‘ldi. Oqibatda kemiruvchilar qisqa umr ko‘rdi. Shundan keyin olimlar yangi tug‘ilgan sichqonchalardan olingan naychali hujayralarni voyaga yetgan jonivorlarning tanasiga kiritdi. Bu jonivorlarning hayotini 10 foizga uzaytirdi va bilish qobiliyatini yaxshiladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.