Shizofreniya kasalligining rivojlanish sabablari
Shizofreniya – ruhiy faoliyatning zaiflashuvi va ruhiy jarayonlar ravonligininging buzilishi bilan namoyon bo‘ladigan kasallik.
Olimlar bu kasallikning kelib chiqishida bosh miyada harakatlanuvchi glial hujayralar katta ahamiyatga egaligini ta’kidlamoqda. Bu hujayralar neyronlar o‘rtasida bog‘lanish hosil qilishga va nerv tolalari qobig‘ini himoya qiluvchi miyelin moddasini ishlab chiqarishga yordam beradi.
Mutaxassislar shizofreniya bilan kasallangan odamlarning (kasallik bolalik davridayoq paydo bo‘lgan) terisidagi hujayralarni tahlil qildi. Ular bu hujayralarni harakatlantiruvchi hujayralarga o‘zgartirish orqali glial hujayralarning vazifadoshiga aylantirdi. Shundan so‘ng ularni sichqonlarning miyasiga o‘rnatildi. Tekshiruvdan so‘ng bemorlardan olingan hujayralar me’yorda ishlamasligi ma’lum bo‘ldi.
Shuning uchun neyronlar o‘rtasidagi signal uzatilishi buzilgan. Buning ustiga astrotsidlar (glial hujayra turi) normal ulg‘aya olmagan va neyronlarni to‘liq himoya qilolmagan. Bunday hujayra mavjud sichqonlarda shizofreniyaga xos alomatlar kuzatildi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.