Depressiya va miya strukturasining o‘zgarishi bir-biriga bog‘liq

Miya strukturasining o‘zgarishi nerv hujayralarining bir-biri bilan faol aloqada bo‘lishini ta’minlovchi elementlardan iborat oq moddalarga bog‘liq. Bu moddalarga ziyon yetganda hissiyot va tafakkur bilan aloqador muammolar paydo bo‘lishi isbotlangan.

Edinburg va Glazgo universitetlarida o‘tkazilgan tadqiqot oq moddalar haqida ko‘p ma’lumotlarni bilib olishga imkon berdi. Unda 3000 nafardan ortiq odam qatnashdi. Olimlar oq moddaning tuzilishi va sifatini o‘rgandi. Tekshiruvdan keyin depressiya alomatlari bor odamlarda bu moddaning sifati pasayishi ma’lum bo‘ldi.

Depressiyani bolalik davridayoq prognoz qilish mumkin. Vashington universiteti xodimlari miyani maxsus uskuna orqali tekshirib, bezovtalik va depressiya alomatlari bilan bog‘liq neyronlar aloqasining sxemasini aniqladi. Bunday alomatlarga ortiqcha uyatchanlik, asabiylik, yaqinlarini yo‘qotishdan qo‘rqish kabilar kiradi. Lekin hayotning dastlabki kunlaridanoq miyadagi bog‘lanishlarning o‘ziga xos xususiyatlari orqali kelajakda kimlarda muammo bo‘lishini bilish mumkin.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Narkolepsiya qanday xastalik?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: