Yoshlar ish bilan ta’minlandi

Nukusda o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi “Yoshlar – kelajak bunyodkori” deb nomlandi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi, Ichki ishlar hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan yarmarkada 36 korxona va tashkilot 167 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

Yarmarkaga asosan mahallalardagi uyushmagan yoshlar, muddatli harbiy xizmatdan bo‘shagan va safarbarlik rezervida xizmat qilgan yigitlar taklif etildi.

– Bugun «Nukus tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ip yigiruvchi operator vazifasiga ishga yo‘llanma oldim, – deydi Ra’no O‘tepbergenova. – Biz, yoshlarning o‘z mutaxassisligimiz bo‘yicha ishga joylashishimizda mana shunday tadbirlarning o‘rni katta. Tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildiraman.

Yarmarkada 30 dan ziyod yosh ish bilan ta’minlandi. O‘z tadbirkorligini boshlashga ahd qilgan yoshlarning banklardan imtiyozli kredit olishiga ko‘maklashildi.

Aminboy Ortiqboyev,

O‘zA

Yana o‘qing:  Jizzaxda harbiylar oila a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: