Harakatlar strategiyasi institutlar faoliyatida
Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “Harakatlar strategiyasi” axborot xonalarining rasmiy ochilishi munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori A.Burhonov va boshqalar «Harakatlar strategiyasi» axborot xonalarini ochish sohadagi ta’lim sifatini oshirish va yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishda alohida o‘rin egallashini, ularning kelgusida malakali kadrlar bo‘lib O‘zbekistonni yanada rivojlantirishdagi ishtirokini ta’minlashini ta’kidladi.
– «Harakatlar strategiyasi» axborot xonalarining faoliyat yuritishi talaba-yoshlarning jamiyatimizda bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayondagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi, – deydi institut rektori M.Rasulov. – Ular shu va boshqa mavzularda so‘rovnomalar o‘tkazish orqali jamoatchilik fikrini o‘rganish, seminar va treninglar tashkil qilish va boshqa ko‘plab vazifalar bilan shug‘ullanadi.
Davra suhbatida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bitimi imzolandi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA