Qanday omillar aqli zaiflikka olib kelishi mumkin?
Olimlarning fikricha, sog‘lom turmush tarziga amal qilish aqli zaiflikning oldini olishda yordam beradi. Yaqinda bu kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan omillar ro‘yxati tuzib chiqildi. Ularning orasida eshitish qobiliyatining yo‘qolishi (aqli zaiflik xavfining 9 foizi), o‘rta ta’limni o‘zlashtirolmaslik (8 %), chekish (5 %), depressiyaning boshlanish davrida yordam olmaslik (4 %), kam harakat qilish (3 %), jamoadan ajralib qolish (2 %), qon bosimining yuqoriligi (2 %), semirish (1 %), 2-turdagi diabet (1 %) kabi omillar bor.
Bular kasallik rivojlanishiga 35 foiz qo‘shimcha xavf qo‘shadi. Qolgan 65 foiziga ta’sir ko‘rsatib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi olimlar. Lekin shu 35 foizning oldini olish ham kasallikdan qutqarishi mumkin. Masalan, o‘rta ma’lumot olgan odamda aqli zaiflikka qarshi aql zaxirasini yaratish imkoni mavjud.
Yolg‘izlik, depressiya holatlari miyaga putur yetkazadi. Shuningdek, mutaxassislar yurak sog‘lomligi va miya o‘rtasida ham aloqa bo‘lishini ta’kidlaydi. Umuman olganda, sigaret, alkogoldan tiyilish, sport bilan shug‘ullanish, vaznni me’yorida saqlash aqli zaiflik, saraton va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.