O‘smirlik davrida alkogol iste’mol qilish miyani qattiq zararlaydi

Ichkilikka berilish odati o‘smirlar orasida ham kuzatilib turadi. Bu esa miyaning xotira, diqqat va til bilan bog‘liq hududlarini zararlash bilan birga, turli muammolarni ham keltirib chiqaradi. Oregon universiteti olimlarining so‘zlariga qaraganda, aynan o‘smirlik davrida miya shakllanish va ulg‘ayish bosqichidan o‘tayotgan bo‘ladi. Bu nafaqat biologik rivojlanish, balki ruhiy-ijtimoiy xulq-atvorning ham shakllanishidir.

Olimlar alkogol iste’mol qilishning miya faoliyati, ishchi xotira, og‘zaki nutq, qaror qabul qilish, sezish qobiliyatlariga ta’sirini o‘rganib chiqdi.

Natijada, alkogol miyaning xotira, diqqat, til, ong faoliyati uchun muhim bo‘lgan hududlarini kichraytirishi va yengillashtirishi ma’lum bo‘ldi. Jumladan, spirtli ichimliklar ta’siri tufayli yoshlar yangi so‘zlarni qiyin o‘zlashtiradi, bu esa miya faolligining o‘zgarishidan darak beradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Esnoq nega yuqumli?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: