Jismoniy mashqlar samarasi insonning jinsiga bog‘liq

Kolorado universiteti xodimlarining fikricha, mashq qilish faqat erkaklarning ozishiga yordam beradi. Sichqonlarda sinab ko‘rilgan tajribalar turli jins vakillarida jismoniy mashg‘ulot natijasi farq qilishini ko‘rsatdi.

Barchasi miya strukturasining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Ular ikkala jins vakillarida turlicha reaksiya hosil qiladi. Shuningdek, ishtahani boshqarib turadigan gormon signallarida ham farqlar mavjud.

Tadqiqot davomida sichqonlar yog‘li ovqatlar bilan oziqlantirildi va harakatlanuvchi g‘ildirak ustida yugurtirildi. Shundan so‘ng faqat erkak sichqonlarda vazn ortishi kuzatilmagani aniqlandi. Mutaxassislar odamlarda ham xuddi shunaqa mexanizm ishlaydi, deb hisoblamoqda.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  YURTIMIZDA KO‘Z UCHUN PLYONKA IXTIRO QILINDI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: