Baxtiyorlik – sog‘liq garovi

Baxtiyor odamlar odatda boshqalardan ko‘ra sog‘lomroq bo‘ladi, deydi Yuta va Virjiniya universiteti tadqiqotchilari. Bunday odamlar sog‘lom turmush tarziga amal qiladi – muntazam sport bilan shug‘ullanadi, zararli mahsulotlarni iste’mol qilmaydi, chekmaydi. Lekin shu bilan bir vaqtda, baxt tuyg‘usining o‘zi ham yurakka va immunitet tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb yozadi The Daily Mail nashri.

Bu masalada baxt, stress darajasi va depressiya ko‘rsatkichining o‘zaro munosabati muhim ahamiyatga ega. Agar baxt sezilarli darajada ustun bo‘lsa, organizm kasallikdan so‘ng tiklanish va infeksiyaga qarshi kurashish qobiliyatini yo‘qotmaydi. Shuning uchun baxtiyor odamlar uzoq umr ko‘rishi va xastaliklardan kamroq aziyat chekishi bejiz emas.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  “GO‘ZALLIK QAROQCHILARI” ayollarning dahshatli dushmani(mi?)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: