Krossvord yechish miya faolligini oshiradi

Krossvord yechish sinchkovlikni oshiradi, fikrlash qobiliyati va xotirani yaxshilaydi, deb xabar beradi The Daily Mail nashri. Ekseter universiteti va London kolleji olimlarining fikricha, krossvord miya qarishini 10 yilgacha to‘xtatishi mumkin.

Mutaxassislar 17000 dan ziyod odamning ma’lumotlarini tahlil qilib chiqdi va krossvord yechish bilan to‘qqizta aqliy topshiriq o‘rtasida bevosita bog‘liqlik borligini aniqladi. Bu topshiriqlar diqqat-e’tibor, xotira hamda fikrlash qobiliyatini sinovdan o‘tkazadi. Inson qancha tez va ko‘p krossvord yechib tursa, uning aqliy rivojlanishi shunchalik yaxshi bo‘ladi.

Ilgari Sidney universiteti olimlari ham miyani mashq qildirish keksalar uchun, hatto Parkinson kasalligiga (asosan o‘rta yosh va keksalarda uchraydigan, muskullar bukilmasligi, sust harakat, qaltirash kabi belgilar bilan xarakterlanadigan kasallik) yo‘liqqanlar uchun foydali ekanini isbotlagan edi. Mutaxassislar zamonaviy dasturlar (mobil boshqotirmalar) miyani mashq qildirishda yordam bermasligini takidlaydi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Yaxna mahsulotlar iste’mol qilinganda nega bosh og‘riq paydo bo‘ladi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: