Hindistonda quyosh panellariga ega ilk poyezd qatnay boshladi

DEMU “EDiesel Electric Multiple Unit” deb nomlangan ushbu poyezd loyihasi Indian Railways davlat kompaniyasi tomondan amalga oshirildi.

Poyezdning quyosh panellariga ega 6 ta vagoni bor. Ushbu transport dizel dvigatellari yordamida harakatlanadi. Biroq undagi elektr asboblar, boshqaruv tizimi, eshiklarni ochish-yopish tizimi va axborot tablosi quyosh batareyalari ishlab chiqargan elektr energiyasidan ta’minlanadi. Bitta vagonda 16 ta quyosh plastinasi joylashgan bo‘lib, ulardan har birining quvvati 300 vt. ni tashkil qiladi. Tungi vaqt elektr ta’minoti akkumulyatordan olinadi. Kompaniya ma’muriyati bayonotiga ko‘ra, bunday poyezd bir yilda 21 ming litr dizel yoqilg‘isini tejaydi va bu tejamkorlik 21 ming AQSH dollarini tashkil qiladi. Quyosh panelli bir vagonning qurilmasi 14 ming dollar turadi. Poyezd 80 km/soat tezlik bilan harakatlanadi.

S. OCHILOV

Yana o‘qing:  Ijtimoiy dorixonalar: ularning afzallik jihatlari nimada?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: