Kashfiyot: immunitet tizimi bosh miya singari ishlaydi
Avstraliya Milliy universiteti olimlari immunitet tizimining noyob faoliyatini topishdi. Bu kashfiyot immunitet bilan bog‘liq kasalliklarni davolashda yordam berishi mumkin.
Ilk bor immunitet hujayralari tarkibida nerv uzatkichlari bo‘lishi isbotlandi. Ilgari bunday uzatgichlar faqat bosh miyada bo‘ladi deb hisoblanardi.
Tadqiqotchilar bolalardan olingan 200 dan ortiq to‘qima turlari ustida ish olib bordi. Asosiy tahlilda dofamin moddasining T-immunitet hujayralaridan V-hujayralarga sinaptik ta’sir orqali o‘tishi tekshirildi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jarayon tufayli V-hujayralarining faolligi ortadi. Natijada, infeksiyadan himoyalovchi kuchli antigellar ishlab chiqariladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.