Qo‘li ochiqlik – baxt kaliti
Shveysariyada o‘tkazilgan yangi tadqiqot qo‘li ochiqlik insonni baxtiyor qilishi mumkinligini tasdiqladi. Tajribada qatnashgan 50 kishga bir oy davomida har hafta 26 dollardan pul berib turish va’da qilindi, deb yozadi The Hindustan Times nashri.
Olimlar yarim ishtirokchidan pulni boshqa insonlar uchun sarflashni, qolgan yarmidan esa o‘z bilganicha sarflashni so‘rashdi. Shundan so‘ng, ularning miyasi tekshiruvdan o‘tkazildi. Tekshiruv davomida qatnashchilar tegishli savollarga javob berishdi.
Tadqiqotchilar miyaning qaror qabul qilish jarayonida ishtirok etuvchi va saxiylik bilan bog‘liq hududlarini nazorat qilib bordi. Natijada, pullarni boshqalar uchun sarflaganlar keyingi guruhdagilardan ko‘ra o‘zlarini baxtiyorroq his qilganligi aniqlandi. Baxt darajasi pul miqdoriga bog‘liq emas.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.