Sportchilar oilasi – mustahkam oila

Oila – ezgulik chorbog‘i. Orzularga qanot bo‘lgan maskan. Inson hamisha shu go‘shada halovat sezgan va unga doimo intilib yashagan. Jamiyatdagi tinchlik-totuvlik, yurtdagi farovonlik hamisha ana shu mo‘jaz oshiyonga bog‘liq hisoblanadi. Oiladagi xotirjamlik jamiyatga o‘z ijobiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar yurtimizning ajralmas qismi hisoblanmish oilalarning mustahkamligi va ularning obodligi uchundir.

15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan poytaxtimizda har yili an’anaviy tarzda bo‘lib o‘tadigan «Sportchilar oilasi – mustahkam oila» mavzusidagi sport musobaqasining o‘tkazilishidan ham jamiyatimizdagi oilalar o‘rtasida sportni keng targ‘ib etish, farzandlarni barkamol va sog‘­lom bo‘lishini ta’minlash, mahalladagi oilalarni bunday musobaqalarda faollikka chorlash bilan birgalikda ommaviy sport turlarini yanada rivojlantirish kabi bir qator maqsadlar ko‘zda tutilgan.

13 may kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani «Qushbegi» sport majmuasida ushbu musobaqaning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar Xotin-qizlar qo‘mitasi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi, «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasining Toshkent shahar tayanch maskani jamg‘armasi hamkorligida bo‘lib o‘tgan bu sport bellashuvi 2 bosqichda o‘tkazilib, mahallalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan oilaviy jamoalar shahar final bosqichida ishtirok etdi. Musobaqaning yakuniy bosqichida har bir tumandan bittadan – jami 11 jamoa qatnashdi.

– Tashkilotchilar tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan mazkur musobaqa har galdagidan ancha qizg‘in va murosasiz bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar soni ham ko‘p. O‘ylaymanki, oilalar o‘rtasida o‘tkaziladigan bunday musobaqalar sportning rivojlanishiga xizmat qiladi, – deydi «Sog‘­lom avlod uchun» xayriya jamg‘armasining Toshkent shahar tayanch maskani rahbari Mahbuba Mahkamboyeva.

Oilaviy sport musobaqasida ishtirokchilar yugurish, nishonga otish estafetasi, kim chaqqon va mergan, mohir hujumchi, epchil qiz shartlari bo‘yicha bellashdilar. Shartlarga ko‘ra Yakkasaroy tumanidagi ishtirok etgan Safinlar oilasi birinchilikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Chilonzor tumanidagi Akramovlar oilasi egalladi, uchinchi o‘ringa esa Shayxontohur tumanidan kelgan Haydarovlar oilasi munosib deb topildi.

G‘olib bo‘lgan oilalar musobaqa tashkilotchilari tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Muazzam JO‘rayeva

Yana o‘qing:  Temur – jahon chempionati sovrindori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: