Yaxshi kayfiyat – keksalik davrida xotirjamlik garovi

Germaniyalik olimlar o‘rtacha yoshi 73 yosh bo‘lgan 3602 nafar odamning ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Ular ishtirokchilarning sub’yektiv xotirjamlik darajasini baholadi. Tadqiqotchilar bezovtalik, ruhiy siqilish, uyqu buzilishi va boshqa omillarning xotirjamlikka qanday ta’sir ko‘rsatishini bilishga harakat qildi, deb yozadi The Hindustan Times nashri.

Tadqiqot qatnashchilarning 79 foizida xotirjamlik darajasi yuqoriligini ko‘rsatdi. O‘rtacha ko‘rsatkich Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilagan me’yordan yuqoriroq bo‘lib chiqdi. Erkaklarning 18 foizida, ayollarning 24 foizida xotirjamlik darajasi pastligi ma’lum bo‘ldi.

Olimlar xotirjamlik darajasi asosan psixo-ijtimoiy omillar, xususan bezovtalik va ruhiy siqilish sababli pasayganini aniqladi. Shuningdek, daromad kamligi va uyqu tartibsizligi ham bunga o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Bundan tashqari, yolg‘iz yashaydigan ayollarda ko‘rsatkich ko‘pincha past bo‘ladi. Xotirjamlik darajasi jismoniy sog‘lomlik holatiga unchalik bog‘liq emas.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Bolada immunitet pasaysa... (davomi)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: