Ta’lim tizimidagi eng yaxshi saytlar

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt – 2017” ko‘rik tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Ko‘rik-tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad xalq ta’limi tizimidagi boshqaruv organlari, ta’lim muassasalari va o‘qituvchilarning ijodiy faolligini hamda axborot-kommunikatsiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, zamonaviy AKTni ta’lim tizimiga joriy etishdan iborat.

Mazkur tanlovda respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalari, o‘qituvchilar va xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlar qatnashdi.

Tanlovda “Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti”, “Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti” va “Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti” nominatsiyalari bo‘yicha 5 mingga yaqin saytlar ro‘yxati kelib tushdi.

Tanlov g‘oliblari vazirlikning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

xalqtalimi31

“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi veb-sayt – 2017” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari

RO‘YXATI

“Eng yaxshi ta’lim muassasasi veb-sayti”

1-o‘rin — — http://327.yunusobodtxtb.uz Toshkent shaxar Yunusobod tumani 327-umumiy o‘rta ta’lim maktabi.

2-o‘rin — http://38-school.uz Xorazm viloyati Urganch tumani 38–umumiy o‘rta ta’lim maktabi.

3-o‘rin — http://nav-3maktab.uz Navoiy viloyati Karmana tumani 3–umumiy o‘rta ta’lim maktabi.

“Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti”

1-o‘rin http://shuhratbek.uz Nurgaziyev Shuxrat Xasanovich Jizzax viloyati Dustlik tuman 10-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi.

2-o‘rin — http://infomat.uz/ Mirzakulov Kobiljon Sirdilovich Fargona viloyati Yozyovon tuman 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi.

3-o‘rin http://nargiz13.uz Karshiboyeva Nargiza Abdulaxatovna Jizzax viloyati Jizzax tuman 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi.

“Xalq ta’limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti”

1-o‘rin — http://navtxtb.uz — Navoiy viloyati Navbahor tumani xalq ta’limi muassasalarini faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi.

2-o‘rin — http://fargonamoi.uz Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.

3-o‘rin — http://xorazm-vxtb.uz Xorazm viloyati xalq ta’limi boshkarmasi.

Xalq ta’limi vazirligi

Axborot xizmati

Yana o‘qing:  Eng yaxshi biznes g‘oyalar saralandi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: