Tibbiy madaniyat bolalikdan shakllanadi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida, joylardagi tibbiyot muassasalariga tashrifi chog‘ida kasalliklarni profilaktika qilish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish zarurligini ta’kidladi.

Mamlakatimiz tibbiyot muassasalari tomonidan bu borada izchil ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda Toshkent davlat stomatologiya institutida “No Cavity Club” tashkil qilindi. Ushbu klub tish va milk kasalliklarining oldini olish, aholining bu boradagi bilimini oshirish bilan shug‘ullanadi.

Yaqinda maktab o‘quvchilari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning tish yuvish, kariyesning oldini olish, ratsional ovqatlanish qoidalaridan xabardorligi o‘rganildi. Shundan kelib chiqib, mahalla va ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda interfaol usullarda tushuntirish ishlarini olib borish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish chora-tadbirlari belgilab olindi.

Institut jamoasi joylarda targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Xususan, Jizzax viloyatining Forish tumani markaziy kasalxonasida shifokorlar va hamshiralar bilan muloqot o‘tkazildi.

Institut xodimlari va talabalar patronaj hamshiralar bilan birga Forish tumanining chekka hududlariga chiqib, aholi bilan suhbatlashdi, sog‘lom turmush tarzi, og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi, stomatologik kasalliklar haqida so‘zlab berdi. Odamlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Tumandagi “Matlubotchi” bolalar oromgohida bolalarga stomatologik kasalliklar va og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi haqida multfilm qo‘yib berildi. Tadbir so‘nggida oromgoh tarbiyalanuvchilariga tish yuvish vositalari sovg‘a qilindi.

Bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Davron Sunnatov,

O‘zA

Yana o‘qing:  ZUMRADOYLAR DAVRASI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: