O‘zbekistonda saratonning qaysi turi eng ko‘p tarqalgani ma’lum bo‘ldi

Ekspertlar O‘zbekistonda eng keng tarqalgan saraton turini ma’lum qilishdi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Boshqarmasidan Darakchi nashriga ma’lum qilishlaricha, bu ko‘krak bezi saratonidir.

Onkologik xastalikning bu turi 100 ming aholidan 9,1 holatda aniqlanadi.

Ekspertlarning ma’lum qilishlaricha, irsiy omil ayollarda ko‘krak bezi saratoni rivojlanishida juda katta ahamiyatga ega, ayniqsa ona tomondan. Kasallik BRSA 1 2 genlarining mutatsiyasi bo‘lgan taqdirda 45 75 foiz holatda o‘tadi.

Ko‘krak bezi saratonini oldini olish uchun 50 yoshgacha bo‘lgan ayollar har yili UTT tekshiruvidan o‘tishi lozim. 50 yosh va undan katta ayollar esa mammografiya qilishlari kerak. Shuningdek har bir ayol ko‘krak bezini har oyda tekshirib turishi lozim. Har qanday shubha paydo bo‘lganda mammologga murojaat qilish lozim, deya qayd etadi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yana o‘qing:  Mutaxassislar fikri: me’yoridan ortiq ishlash jiddiy kasalliklarga olib kelishi mumkin

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: