Yaxna mahsulotlar iste’mol qilinganda nega bosh og‘riq paydo bo‘ladi?

Muzqaymoq yeganimizda yoki sovuq suv ichganimizdan so‘ng ko‘pincha bosh og‘riq paydo bo‘ladi. Professor Stefani Vertris buning sababini aniqladi. Uning aytishicha, sovuqlik tanglayning orqa qismidagi nerv tugunlari bilan aloqaga kirishgach, yoqimsiz holatlar yuzaga keladi.

Tanglay nervlari sovuqqa ta’sirchan bo‘ladi va bunday jarayonda miyaning faollashtiruvchi qismiga axborot jo‘natadi. Oqibatda, bosh og‘riq kelib chiqadi.

Agar bosh og‘riq sovuq tufayli paydo bo‘lsa, tilni tanglayga mahkam yopishtirib turish kerak. Natijada, nerv tugunlari isiydi va bosh og‘rig‘i tezda o‘tib ketadi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Ko‘p tuz iste’mol qilmang!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: