Gandbol: O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi jahon kubogini qo‘lga kiritdi

Gandbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Italiya mezbonlik qilgan Jahon kubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Milan shahri besh qit’aning 31 davlatidan tashrif buyurgan terma jamoalarni o‘zida jamladi. Bunday xalqaro turnir 45-marta tashkil qilindi.

18 yoshgacha bo‘lgan o‘zbekistonlik gandbolchilar finalga qadar Daniya (17: 11), Germaniya (23: 17), Italiya (28: 22) va Turkiya (22: 11) termalarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

Reglamentga ko‘ra final o‘yinida ochkolar nisbati eng yaxshi bo‘lgan ikki terma jamoa o‘zaro kurash olib borishi kerak edi. Bu borada nemislar yana bir bor o‘zbekistonlik sportchilarga qarshi maydonga chiqdi va 24: 28 hisobida imkoniyatni boy berdi. Turnirda 3-o‘rin daniyalik sportchilarga nasib qildi.

Federatsiya matbuot xizmatining qayd etishicha yosh gandbolchilar 15 iyul tongida Toshkentga qaytib keladi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  GM Uzbekistan avtomobillarni onlayn sotish tizimini yaratadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: