Foydali mahsulotlarning ba’zi salbiy jihatlari

Parhezshunoslar foydali mahsulotlarni iste’mol qilish kerakligini doim ta’kidlaydi. Lekin bunday mahsulotlarning ham o‘ziga yarasha salbiy xususiyatlari bor. Britaniyalik mutaxassis Sharlotta Stirling-Rid ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Bu ro‘yxatga asosan quruq mevalar kiritildi, sababi ularning tarkibida shakar miqdori ko‘p. Muammo ham aynan shu bilan bog‘liq. Masalan, kichkina qadoqdagi mayiz tarkibida yaqin to‘rt choy qoshiq shakar bor. Bu vazn ortishi va kariyes paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ko‘pchilik ota-onalar uni vitaminlarga boy deb hisoblab farzandlariga uzluksiz berib boradi.

Ushbu “qora ro‘yxat”ga asal va olma ham kiritilgan. Qattiq olmalarni muntazam iste’mol qilish tish qoplamasining shikastlanishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, sharbatlarni ham xavfsiz deb bo‘lmaydi. 250 gramm apelsin sharbati tarkibida 21 grammgacha shakar bo‘ladi. Mevalardan ko‘ra sharbat organizmga tez singadi, natijada qonda shakarning keskin tarqalishi ro‘y beradi. Bu o‘z navbatida, diabet rivojlanishi xavfini oshiradi.

Yaqinda kokos yog‘i ham ushbu ro‘yxatga kiritildi.

Shu o‘rinda bir gapni yana ta’kidlash o‘rinli: har bir odamning vujudi individual xususiyatlarga ega. Kim uchundir foydali bo‘lgan modda boshqa birov uchun zararli bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi kabi tadqiqotlar mutloq haqiqatni bildirmaydi. Bunda shifokorlar tavsiyasi va shaxsiy tajribaga tayangan ma’qul.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Suli yormasi umrni uzaytiradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: