Olimlari jigarni tozalashning antiqa usulini taklif etishmoqda
Ma’lum bo‘lishicha, organizmimizni qon bilan to‘liq ta’minlab turuvchi jigarni ham zaharli chiqindilardan tozalash zarur bo‘larkan. Bu ishda bizga birinchi navbatda sarimsoq yordam beradi. Sarimsoq tarkibida selen va allitsin moddalari mavjud bo‘lib, shular jigardagi zaharni yo‘q qilishda katta ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, zira ham jigarni zaharli chiqindilardan tozalash xususiyatiga ega.
Olimlar yana shu narsani alohida ta’kidlab o‘tishdiki, jigari xasta odamlar sitrusli mevalar, ya’ni, Avokado, greypfrut kabilarni iste’mol qilishda nihoyatda hushyor bo‘lishlari kerak. To‘g‘ri, bu mevalar jigar uchun o‘ta foydali sanaladi. Ammo og‘ir bemor ularni faqat vrach nazorati ostidagina iste’mol qilishi mumkin.
Buni qarangki, jigarni zaharli chiqindilardan tozalashda qahva ham alohida ahamiyatga ega ekan. Olimlar jigarida muammo bor insonlarga har kuni bir mahal albatta qahva ichishni maslahat berishadi. U hatto sizni jigar sirrozidan himoya eta oladi.