Fotorassom nigohida hayot zavqi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida yosh fotorassom Dilmurod Rustamovning “Hayot zavqi” deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.

Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyi direktori F.Usmonov va boshqalar iste’dodli fotorassom Dilmurod Rustamovning yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, yangiliklar, barcha jabhadagi o‘zgarishlar, ona zaminimiz tabiati va jamolini muhrlashda o‘ziga xos yo‘lni tanlay olishi va izlanishi muxlislarining doimiy e’tiborida ekanini ta’kidladi.

Dilmurod bolaligidan surat olishga qiziqardi. Bu qiziqish uni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga yetakladi. Bo‘lajak fotorassom institutda kompyuter grafikasi va badiiy foto yo‘nalishini muvaffaqiyatli tamomladi. Ustozlaridan suratga olish sirini puxta o‘rgangan D.Rustamov bugungi kunda turli ko‘rgazmalar va matbuotda faol ishtirok etib kelmoqda.

– Dilmurod bugun ilk bor shaxsiy ko‘rgazmasini muxlislariga taqdim qildi, – deydi san’atshunos G.Saodatova. – Uning ijodida shukronalik, mehr-oqibat, tabiatni asrash, undan bahramand bo‘lish, nurli va yorqin kechalar, baxtli bolalik tasviri yetakchilik qiladi. U sinchkov va kuzatuvchan ijodkor. Masalan, yomg‘ir yog‘ishi, tomchining yerga tushishi, ko‘lmaklardagi holatni ilg‘ash va undan san’at asarini yaratish ijodkor insongagina xosdir. Dilmurod Rustamov mana shunday onlarni ilg‘ab, ob’yektga muhrlaydi. Uning “Hayot zavqi”, “Baxtli bolalik”, “Yog‘du”, “Parvoz”, “Ilinj”, “Tomchilar raqsi”, “Sehrli olam” kabi fotoasarlari tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlayotgani ham shundan bo‘lsa, ajab emas!..

Ko‘rgazmada muallifning yetmishga yaqin asari namoyish qilinmoqda.

Nasiba Ziyodullayeva,

O‘zA

Yana o‘qing:  Xushxabar, yangiliklar (2014-41)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: