Plastik butilkalardan qayta foydalanmaslik kerak
Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, lastik butilkalardan ko‘p marta foydalanuvchi odamlar kimyoviy birikma va xavfli bakteriyalar ta’siriga duch keladi. Sportchilar bir hafta davomida ishlatgan plastik butilkalar tekshirib chiqildi.
Bakteriyalar miqdori juda yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi (bir santimetr kvadrat joyda 900000 ga yaqin). Ularning 60 foizi inson sog‘ligiga tahdid soladi. Shuningdek, plastik tarkibida gormonlar holatiga ta’sir qiladigan bisfenol-A zararli moddasi mavjud. Tadqiqotchilar plastik butilkalarni ko‘p marta foydalanish mumkin emas, degan xulosaga keldi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.