Salatga tayyorlaganda bodring bilan pomidorni aralashtirmaslikning 4 sababi
- Bodring ishqorli, pomidor kislotali mahsulotlariga kiradi. Bular aralashganda hazm bo‘lmaydigan turli xil cho‘qma tuzlar vujudga keladi.
- Bodringda askorbin kislotani (vitamin S) parchalovchi askorbinaza fermenti mavjud, pomidorda askorbin kislotasi ko‘p. Bunday aralashma iste’mol qilinganda vitamin organizmga tushmaydi. Demak bunday salat foydasiz bo‘ladi.
- Bodring pomidor bilan oshqozonda qorinni dim qiladi, chunki ularning hazm bo‘lishi turlicha. Oshqozon faqatgin birgina mahsulotni hazm qilish uchun kislota ajratadi, demak ulardan biri hazm bo‘lmaydi.
- Bunday aralashmani iste’mol qilsangiz, asosan jigarga zarar, bir biriga mos kelmaydigan mahsulotlarni organizm qayta ishlashi natijasida zo‘riqib ishlaydi. Yillar davomida shunday ishlayvergandan so‘ng jigar ishdan chiqishi mumkin.
Manba: sof.uz