Shahar shovqini yurak kasalliklari xavfini oshiradi

Nottingem Trent universiteti tadqiqotchilari shovqin darajasining muntazam o‘zgarib turishi yurak ritmining buzilishiga sabab bo‘lishini aniqladi. Bu o‘z navbatida jiddiy yurak kasalliklari rivojlanishining ehtimolini kuchaytiradi, deb xabar beradi The Hindustan Times nashri.

Tadqiqot ishtirokchilari 45 daqiqa davomida shahar markazi bo‘ylab yurdi. Ular yurak qisqarishi chastotasini o‘lchaydigan uskuna taqib olishdi. Olimlar atrof-muhit, shovqin va atmosfera bosimi to‘g‘risidagi mahlumotlarni yurak qisqarishi chastotasi, tana harorati haqidagi ma’lumotlar bilan taqqoslab chiqdi.

Tekshiruvdan so‘ng, shovqin darajasining keskin o‘zgarishi tufayli ishtirokchilarda yurak ritmi tez buzilgani ma’lum bo‘ldi. Tadqiqotchilar fikricha, bu holat doimiy ravishda sodir bo‘laversa, yurak-qon tomir kasalliklari kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari, atmosfera bosimi ham yurakka va tana haroratiga ta’sir ko‘rsatadi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Ona suti – hayot manbai

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: