Artritga yo‘liqqan bemorlarga baliq yeyish tavsiya etiladi
Time nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, artrit (bo‘g‘inlarning yallig‘lanishi) ga yo‘liqqan odam haftasiga kamida ikki marta baliq iste’mol qilib tursa, kasallik simptomlari yo‘qola boshlaydi: bo‘g‘imlar kamroq shishadi va ta’sirchanligi kamayadi. Baliqni qancha ko‘p yeyilsa, xastalik shuncha sustlashadi. 176 nafar bemor o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijasida shunday xulosa chiqarildi.
Simptomlar namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq savollardan tashqari, olimlar oxirgi bir yil davomidagi tunets, losos, sardina va boshqa baliqlar iste’molini ham o‘rganib chiqdi. Ushbu mahsulotlarda Omega-3 yog‘ kislotasi darajasining juda yuqoriligi ma’lum bo‘ldi. Omega-3 yallig‘lanishga qarshi kurashish xususiyatiga ega. Olimlar uning artritga yo‘liqqan bemorlarga foydasi haqida ilgari ham aytib o‘tgan edi. Xullas, baliq artrit simptomlarini sezilarli darajada kamaytirishi o‘z isbotini topdi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.