Mutaxassislar ishga velosipedda borishni maslahat beradi

Velosipedda yurish sog‘liq uchun foydali ekanini hamma biladi. Yangi tadqiqot ish joyiga velosipedda borish stress darajasini kamaytirishi va mehnat samaradorligini oshirishda ham foshda berishini tasdiqladi. Tadqiqotchilar velosiped, avtomobil hamda jamoa transportlarining inson kayfiyati va stress darajasiga ta’sirini o‘rgandi.

123 nafar ishchining ma’lumotlari tahlil qilindi. Ishtirokchilar kayfiyat, stress darajasi va transport vositalari to‘g‘risida berilgan savollarga javob berdi. Ma’lum bo‘lishicha, ishxonaga velosipedda keluvchilarda stress darajasi ish kunining dastlabki 45 daqiqasi davomida anchagina past bo‘ladi. Transportdan foydalanuvchi xodimlarda esa bu ko‘rsatkich yuqori. Lekin, kayfiyatga transport vositalari ta’sir ko‘rsatmaydi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Ovqatdan zaharlanganda dori ichishga shoshilmang!

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: