Tahlil: telefonning inson salomatligiga zarari bor
Tomskdagi Biologiya instituti tadqiqotchisi Marina Kostromeeva telefon hujayralar strukturasini o‘zgartirishini aniqladi. Bu ayniqsa ayollar va mongol irqi vakillari uchun xavfli. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mobil telefonlarni saraton kasalini yuzaga keltiruvchi vositalar guruhiga kiritdi.
Kostromeeva 100 nafar ko‘ngilli ishtirokida o‘tkazgan tadqiqoti natijasida elektromagnit to‘lqinlarning uzoq muddatli ta’siri yuzning ichki qismidagi hujayralar o‘zgarishiga sabab bo‘lishini isbotladi. Hujayralar bo‘linishi tufayli yadro parchalanishi va xromosomalarning me’yordan chetga chiqishi ro‘y beradi. Hujayralar holatining tahlili tadqiqot boshlanishida va bir oydan so‘ng o‘tkazildi.
Yuzning ikkala tomoni ham tekshirib chiqildi. Hujayralar darajasidagi o‘zgarish asosan telefon ko‘p tutiladigan tarafda kuzatildi. Bundan tashqari, yuqoridagi holat ayollarda va mongol irqiga mansub odamlarda ko‘proq uchradi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.