Rasm chizish miyaga o‘zgacha tarzda ta’sir o‘tkazadi

Dreksel universiteti xodimlari o‘tkazgan tadqiqotda 18 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 26 kishi ishtirok etdi (sakkiztasi rassom). Qatnashchilar rasm, mexanik surat chizishga va bo‘yashga 3 daqiqadan vaqt sarfladi. Mutaxassislar ularning miyasidagi qon oqimini nazorat qilib turdi.

Tadqiqot natijasida, yuqoridagi uchala faoliyat turi ham miya old qobig‘idagi qon oqimini kuchaytirishi ma’lum bo‘ldi. Eng sezilarli ta’sir mexanik surat chizish jarayonida kuzatildi. Natijalar ishtirokchi o‘zini qanchalik iqtidorli deb hisoblashiga bog‘liq emas.

Vaterlo universitetida o‘tkazilan boshqa bir tadqiqot ma’lumotlariga qaraganda, rasm chizish xotirani yaxshilashga ham yordam beradi. Mutaxassislar yodda saqlanishi zarur bo‘lgan narsalarni chizishni tavsiya etadi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Zaharlanishdan qo‘rqasizmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: