Xiltlardan xoli hayot sururi

Davomi, boshi o‘tgan sonda: Xiltlardan xoli hayot sururi

Huqnaning xloralgidratli turi

Bemorda talvasa tutganda va u qattiq ruhiy qo‘zg‘alganda tayinlanadi. 1g. xloralgidrat 25 ml. distillangan suvda suyultiriladi va 25 ml. qaynatilgan kraxmalni 1: 50 hisobida qo‘shiladi. Chunki, xloralgidratning to‘g‘ri ichak shilliq pardasini ta’sirlantirish xususiyati bor.

Gipertonik huqnalar

Ichak peristaltikasini keskin kuchaytirmay, yumshatuvchi yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. 100 ml. iliq 10 foiz natriy xlorid eritmasi rezina ballonga olinadi va asta-sekin to‘g‘ri ichakka yuboriladi. Bu muolaja yo‘g‘on ichak quyi sohasidagi yara va yallig‘lanish jarayonlarida tavsiya etilmaydi.

Moyli huqnalar

Bemor qabziyat bilan qattiq og‘riganda qo‘llaniladi. Buning uchun o‘simlik moylari, kungaboqar, zaytun, kanop, vazelin moyidan foydalaniladi. Bitta huqna uchun 37-40 S haroratda ilitilgan 50-100 ml. moy olinadi. Odatda to‘g‘ri ichak orqali yo‘g‘on ichakka rezina ballon, shprits yoki kateter yordamida yuboriladi. Uni to‘g‘ri ichakka 10 sm. ga kiritiladi. Moy ichak devori bo‘ylab yoyilib, bo‘shashtiradi va axlatni chiqib ketishiga imkon yaratadi. Bunday paytlarda moy oqib tushmasligi uchun bemordan 10-15 daqiqagacha tinch yotish talab etiladi.

Emulsion huqnalar

Bunday huqnalar o‘rnidan turmay og‘ir ahvolda yotgan bemorlarga tavsiya etiladi. Oldindan ikki stakan qaynoq suv va moychechak damlamasi tayyorlab qo‘yiladi. 1 osh qoshiq moychechak 1 stakan qaynoq suvga solinadi. So‘ngra bitta tuxum sarig‘iga bir choy qoshiq natriy gidrokarbonat aralashtiriladi. Unga moychechak damlamasi quyilib, yana ikki osh qoshiqda vazelin moyi yoki glitserin qo‘shiladi. So‘ngra bemor klizma qilinadi. 15-20 daqiqa o‘tgach ichakning batamom bo‘shalishi ro‘y beradi.

“Asalning ham ozi shirin deganlaridek” huqna muolajasining muntazam qo‘llanilishi yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Shuni unutmaslik lozimki, yo‘g‘on ichakni yuvish alohida muolaja sanaladi. Buning uchun huqnalar shifokorlar tomonidan qat’iy nazorat qilinsagina o‘z samarasini beradi. Ayrim kishilar bu muolajalardan ortiqcha vazndan xalos bo‘lish maqsadida foydalanadi. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, ko‘p marotaba xuqna qilish bemor organizmidagi tabiiy mikroflorani yo‘qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun muolajani boshlashdan oldin uning davomiyligini ikki haftagacha olib borish lozim. O‘zboshimchalik bilan o‘tkazilgan huqnalar ichaklarga turli infeksiyalarni tushishiga olib kelishi mumkin. Shuni unitmangki, muolaja mutaxassis tomonidan olib borilishi lozim. Muntazam huqnalardan foydalanish ichaklardagi tabiiy ishqorli kislotalar me’yorini buzilishiga olib keladi. Shuning uchun u bemorning holatidan kelib chiqib klizma tavsiya qilinishi lozim.

Yana o‘qing:  Kollejda ixtiolog mutaxassislar tayyorlanadi

Bu muolajani amalga oshirishda huqna suvining hajmi kishining gavdasiga qarab belgilanadi. Bunda bel aylanasining kengligi e’tiborga olinadi. Agar bemorning bel aylanasi 50 sm. bo‘lsa 500 ml. 50-70 sm. bo‘lsa – 1 l. va bu ko‘rsatgich 75-85 sm. bo‘lsa – 1,5, 85 sm. dan yuqori bo‘lsa – 2 l. suv kifoya qiladi.

Organizmga suyuqlik jo‘natilishidan oldin uning belgilangan haroratiga e’tibor berish lozim. 0-18 darajadagi suyuqlik tananing yuqori haroratini tushiradi. Shuningdek, bu atonik qabziyat, yo‘g‘on ichak falajligida ko‘maklashuvchi ichaklar peristaltikasini kuchaytiradi. Sovuq suvli huqna iliq suvga nisbatan ichakdagi axlatni eritmaydi. Shuning uchun u qabziyatning ayrim turida tavsiya etilmaydi. Huqnalar suv haroratiga ko‘ra sovuq – 12S dan 20S gacha, normal – 36S dan oshmagan, issiq – 38S dan 42S gacha turlarga bo‘linadi.

Ayrim shifokorlar suyuqlik darajasi 40S dan oshmasligini ta’kidlaydi. Zero, bunday paytda ichaklarda kuchli spazm (tortishish) kuzatiladi. Oddiy suvdan klizma qilish hamma vaqt ham ichak bo‘shalishiga olib kelavermaydi. Uning ta’sirchanligini kuchaytirish uchun suvga kukun holiga keltirilgan bolalar sovunidan yarim choy qoshiq, 2-3 osh qoshiq glitserin, 1-2 osh qoshiq osh tuzi, 1 stakan moychechak damlamasi qo‘shiladi. Huqna ta’sir qilmasa bir necha soat o‘tkazib, uni yana takrorlash mumkin. Muolajani erta tongda soat 500 dan 700 gacha yoki kechki payt 2000 dan 2100 gacha amalga oshiri yaxshi samara beradi.

Huqnalar quyidagi hollarda tavsiya etilmaydi:

Agar bavosil (gemorroy)dan qon ketsa, yoki to‘g‘ri ichak yorilsa, ichakning o‘sma xastaliklarida, o‘tkir respirator va virusli infeksiyalarda, tana harorati yuqori bo‘lganda huqna qo‘llanmaydi. Shuningdek, shifokor maslahatisiz o‘tkazilgan huqnalarning nojo‘ya ta’siri kuzatilganda, ichakning axlatdan tabiiy bo‘shalishi buzilganda, undagi foydali mikroflora yuvilib ketganda hamda bemorning immuniteti tushib ketganda man etiladi.

Bemor muolaja payti qaysi yonboshga yotgani ma’qul?

Odatda qabziyatdan aziyat chekayotgan xasta kishiga huqna qilishdan oldin uni muolajaga tayyorlash kerak. Dastlab klizmadan avval bemor ichini bo‘shatib olishi zarur. Keyin u yotadigan to‘shak ustiga klyonka to‘shash darkor. So‘ngra xasta odam chap yonboshiga yotib, oyoqlarini tizzalaridan bukadi. Yurak qon tomir tizimida muammosi mavjud bemorlarga o‘ng yonboshda yotish tavsiya etiladi. Chunki bu holatda ushbu a’zo zo‘riqmaydi. Ammo huqna jarayoni 10-20 daqiqa davom etishini hamda ichaklarning anatomik joylashish holatini e’tiborga olgan holda bu kabi insonlar ham klizma payti chap yonboshga yotganlari ma’qul.

Yana o‘qing:  Me’yoridan ortiq ovqatlanish miya bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi

Ma’rifat TOLIPOVA

tayyorladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: