Kunduzgi oromgohlarda maroqli hordiq

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Toshkent shahrida ham bolajonlarning yozgi ta’til vaqtida maroqli dam olishini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Chilonzor tumanidagi umumta’lim maktablari qoshidagi kunduzgi dam olish maskanlari faoliyatini kuzatib, bunga yana bir bor amin bo‘lish mumkin. Bu yerdagi sport-sog‘lomlashtirish maydonchalari, to‘garaklar, kutubxona va ma’naviyat xonalarida bolalarning maroqli hordiq chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, bolalar tarbiyachilari bilan birga tumandagi 4-maktab-internatidagi hovuzda maroqli hordiq chiqarishmoqda. Suv havzasi bo‘yida uyushtirilgan konsert dasturlari bolalar ko‘ngliga bir olam quvonch ulashdi. Kunduzgi oromgohlardagi kitobxonlik mashg‘ulotlari, “Sport – mening hayotim”, “Salomatlik – tuman boylik” tadbirlari bolajonlarda qiziqish uyg‘otmoqda.

Yana o‘qing:  Zamonaviy, ko‘rkam va muhtasham

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: