Kollejda ixtiolog mutaxassislar tayyorlanadi
Prezidentimizning 2017 yil 1 maydagi “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Jizzax viloyatidagi Arnasoy transport va qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejida 2017–2018 o‘quv yilidan boshlab ixtiolog (baliqchilik) yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, aholini yuqori sifatli parhez mahsulot bilan ta’minlash maqsadida maxsus ma’lumotga ega kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qaror asosida 2017–2018 o‘quv yilida ushbu kollejda ixtiolog mutaxassisligi bo‘yicha 30 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.