Hunar qiz bolaning husnidir
Namangan viloyati Chust tumanidagi “Bibi ona” mahalla fuqarolar yig‘inida 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Mahallaning aksariyat qiz-juvonlari do‘ppido‘zlik bilan shug‘ullanadi. Ular kasanachilik asosida ishlashi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Shunday kasanachilardan biri Nurxon Boboyeva ayni paytda 50 nafardan ziyod qizga kashtachilik va do‘ppido‘zlik sirlarini qunt bilan o‘rgatmoqda.