Dam olish kunlari to‘yib uxlash orqali ozishingiz mumkin

The Daily Mail jurnalida aytilishicha, uyqu yetishmasligi gormon va moddalar almashinuvi muvozanatini buzadi. Oqibatda yog‘ bosish, gipertoniya (arteriyada qon bosimining oshib ketishi), yurak kasalliklari xavfi ortadi. Uyquga to‘ymagan odamlar ko‘p ovqat iste’mol qiladi va kam harakatlanadi.

Lekin dam olish kunlari to‘yib uxlab, muvozanatni tiklash mumkin. Koreyalik olimlarning fikricha, odam qancha uzoq uxlasa, tana massasining ko‘rsatkichi shuncha past bo‘lar ekan. Lekin gap g‘aflatda qolish haqida emas, tiniqib uxlash haqida boryapti. Uyqu vaqtida tana barcha muhim tizim va funksiyalarni qayta tiklaydi. Shuning uchun dam olish kunlari to‘yib uxlagan ma’qul.

Dalil sifatida 19-82 yoshlar orasidagi 2000 nafar odamning ma’lumotlari tahlil qilindi. 43 foizga yaqin odam dam olish kunlari 2 soat ko‘proq uxlar ekan. Ularda tana massasi ko‘rsatkichi chala uxlaydiganlarnikiga nisbatan 22,8 ni tashkil etdi. Har bir qo‘shimcha uyqu soati ko‘rsatkichni 0,12 ga kamaytiradi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Saraton kasalligini aniqlashning yangi usuli

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: