Ilon zahri og‘ir buyrak kasalliklaridan xalos etuvchi vosita

Dunyodagi eng xavfli ilonlardan biri yashil mambaning zahri buyrak kasalliklaridan xalos bo‘lishda yordam beradi. Live Science jurnalida yozilishicha bunday kasalliklar paytida buyrakda o‘sma hosil bo‘ladi. Bu holat hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Sichqonlarda olib borilgan tajribalar orqali zahar tarkibida mambakvaretin-1 moddasi borligi aniqlandi. Bu modda kasallik rivojlanishida asosiy omil bo‘lgan 2-darajali vazopressin retseptoriga ta’sir ko‘rsatadi.

Parij-Sakle universiteti hodimlari sichqonlarda tadqiqot o‘tkazdi. 1-guruhdagi sichqonlar tanasiga 99 kun davomida zahar jo‘natib turildi. 2-guruhdagilar uchun esa oddiy eritmalar qo‘llanildi. Tajribada 1-guruh yaxshi natija ko‘rsatdi. Buyrak funksiyasini turli ko‘rsatkichlarga qarab baholandi.

Olimlar buyrak faoliyati ko‘rsatkichlari darajasini o‘lchab ko‘rishdi. 1-guruhdagi sichqonlarda ko‘rsatkich darajasi yuqori bo‘ldi – bu organlarning faol ishlaganidan darak beradi. O‘sma miqdori 3 barobarga kamaydi. Xususan, buyrakdagi zararlangan qismlar sog‘lom qismlarga nisbatan 28 foizga qisqargan, umumiy o‘sma bor joylar hajmi esa 47 foizga kamaygan.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Yosh o‘tishi bilan inson salomatligiga do‘stlar ko‘proq ta’sir qila boshlaydi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: