O‘zbekistonlik olimlar yangi ozonlash moslamasini yaratdi

Ixtirochi olimlarimiz tomonidan yangi ozonator moslamasi yaratildi. Ushbu qurilmadan havoni, eritmalarni ozonlash, turli ob’yektlarga ozon bilan ishlov berishda foydalanish mumkin.

Yangi moslama bungacha foydalanishda bo‘lgan muqobillaridan bir nechta afzal jihatlari – barqaror koron razryad olishi, razryad tokini ko‘paytirishi, ish samaradorligi yuqoriligi bilan farqlanadi. Ozonator tarkibiga koaksial joylashtirilgan va yuqori kuchlanish manbaiga ulangan ikkita razryadli elektrod kiradi. Ichki elektrod tashqisiga nisbatan aylanish imkoniyati bilan yasalgan va o‘z yuzasida o‘tkazuvchan materialdan yasalgan koronasiyalash elementlariga ega bo‘lib, ular tikanlar yoki elastik panjalar ko‘rinishida bajarilgan. Elektrodlar konuslarga o‘tib boruvchi silindr shakliga ega.

Elektrod yoki uning qismi umumiy aylanish o‘qi bo‘ylab siljiy oladigan qilib yaratilgan. Ixtiro ozonli havo va ozonli kislorodga ehtiyoj bo‘lgan bir qator sohalarda, jumladan, biologiya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va sanoatda keng qo‘llanilishi mumkin.

Yana o‘qing:  Ehtiyotsizlik xastalikka yo‘l ochadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: