Nima uchun «Kamolot» faoliyati tugatildi?

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarni modernizatsiya qilish va yangilash jarayonlari yangi bosqichda jadal olib borilmoqda. Hayot talablaridan kelib chiqib, yurtimizdagi ko‘pgina davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyati yanada takomillashtirilmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz taqdiriga daxldor bo‘lgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining bugungi kuni va ertangi istiqboli barchamizni o‘ylantirishi tabiiy. 30 iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti shu masalaga murojaat qildi.

«Sizlarga yaxshi ma’lum, bundan 16 yil oldin, ya’ni, 2001 yilda tashkil etilgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati o‘tgan davr mobaynida yoshlar hayotiga kirib borib, ularning ma’lum bir qismini o‘z atrofida birlashtirishga, o‘z Dasturi va Ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni imkon darajasida bajarishga harakat qilib kelmoqda.

Ayni vaqtda tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mohiyat e’tibori bilan yoshlarning haqiqiy tayanchi va suyanchi bo‘lishi zarur bo‘lgan “Kamolot” harakati faoliyatida jiddiy kamchilik va nuqsonlar ko‘zga tashlanmoqda», — deydi davlat rahbari. Quyida ana shu kamchiliklar sanab o‘tiladi:

Birinchidan, “Kamolot” butun O‘zbekiston yoshlarini birlashtirgan, tom ma’nodagi ommaviy harakatga aylana olmadi. U asosan o‘z atrofida Harakat faoliyatiga xayrixoh bo‘lgan yoshlarni uyushtirib, faqat ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidangina ish olib bordi.

Natijada yoshlarning keng qatlamlariga taalluqli bo‘lgan dolzarb masalalar, avvalo, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni katta maqsadlar sari safarbar etish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, qisqacha aytganda, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha o‘zini haqiqiy yoshlar tashkiloti sifatida ko‘rsata olmadi. Buning oqibatida uyushmagan, ya’ni, ishlamaydigan, o‘qimaydigan, tayin bir mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, salbiy ta’sirlarga beriluvchi yoshlar soni ortib bormoqda.

Ikkinchidan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi davlat va jamiyat uchun rahbar kadrlarni tayyorlab beradigan o‘ziga xos markaz bo‘lishi, zamonaviy tilda aytadigan bo‘lsak, yoshlar uchun “sotsial lift” vazifasini bajarishi kerak. U bilimli, tashabbuskor va tashkilotchi, fidoyi yosh rahbarlarning kadrlar zaxirasini yaratishi kerak.

Shu maqsadda Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tashkil etish zarur.

Uchinchidan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining obro‘si va ta’sirini oshirish uchun mamlakatimizda yoshlar manfaatini ta’minlashga qaratilgan ishlarda uning ishtirokini har tomonlama kengaytirish zarur.

Yana o‘qing:  Vatanparvarlik – oliy fazilat

Yoshlar, yosh oilalar uchun shaxsiy uy-joyga ega bo‘lish naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini hisobga olgan holda, biz bu yo‘nalishda boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirishimiz kerak.

Barcha tuman va shaharlarda, jumladan, chekka hududlarda “Yoshlar uylari”ni qurish bo‘yicha to‘rt yillik aniq reja ishlab chiqish va 2018 yildan uni bajarishni boshlash lozim.

To‘rtinchidan, yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasi biz uchun hamon eng dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Bugungi kunda yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari ochish, ularning halol mehnat qilib, daromad topishi maqsadida ko‘p ishlar qilinmoqda. Lekin, shunga qaramasdan, bu borada muammolar ham oz emas.

Yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun avvalo ular o‘rtasida tadbirkorlikni keng rivojlantirish, bu borada yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida biz bir qator chora-tadbirlarni ko‘zda tutmoqdamiz. Ayni paytda qo‘liga diplom olib, mustaqil ish boshlayotgan yoshlarimiz uchun ham qo‘shimcha imkoniyat va imtiyozlar yaratib beriladi.

Beshinchidan, yoshlar hayoti, o‘y-kechinmalari, orzu-niyatlari, eng muhimi, ularni qiynayotgan masalalar, afsuski, radio va televideniye, gazeta va jurnallarda o‘z ifodasini to‘liq topmayapti. Masalan, “Kamolot” radiosini, “Kamolot”ning Internet saytini oladigan bo‘lsak, ularda o‘tkazilgan yuzaki tadbirlar, yengil-elpi qo‘shiqlar, o‘zini o‘zi maqtash, chiroyli qiyofalardan boshqa narsani deyarli ko‘rmaymiz.

Oltinchidan, yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi barchamiz uchun eng asosiy vazifa bo‘lib turibdi. Maktabda, litsey-kollej yoki mahallada bir bola adashib, noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketar ekan, bundan avvalo uning tengdoshlari, yoshlar tashkiloti xabardor bo‘lishi, hech kimni tinch qoldirmasdan, bong urishi kerak emasmi?

Buning uchun bu masalani, ya’ni, ota-onalarning farzandlar tarbiyasi uchun mas’uliyati va burchini huquqiy asosda mustahkamlab qo‘yish vaqti keldi, deb o‘ylayman.

Yettinchidan, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ma’naviy-axloqiy jihatdan muammosi bor, ya’ni notinch oila farzandlari, jinoyatchilikka moyil bo‘lgan yoki profilaktik ro‘yxatda turadigan yoshlar bilan individual tarzda ish olib borishga ko‘proq e’tibor qaratishi lozim.

Iqtidorli, tarbiyali bolalar bilan ishlash oson, lekin hayotda qoqilgan yoki yomon muhitga tushib qolgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga, ezgu maqsadga da’vat qilish, ishontirish qiyin. Yangi tashkilot mana shu og‘ir, lekin o‘ta zarur vazifani o‘z zimmasiga olishi ayni muddao bo‘lur edi.

Yana o‘qing:  Bobo, duongizga ehtiyojim bor

Manba: kun.uz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: