Foliblarni qutlaymiz!
Aziz mushtariylar! Hukumatga qarashli bo‘lmagan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil etilganining 20 yilligi munosabati bilan «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi hamda «Sog‘lom avlod» gazetasi hamkorligida yoshlar o‘rtasida «Farzandlari sog‘lom yurt – qudratli bo‘lur» tanlovi e’lon qilinganidan xabaringiz bor.
Ushbu tanlovga diyorimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi yoshlardan ko‘plab maktublar keldi.
Quyida biz mazkur tanlov g‘oliblarini e’lon qilamiz:
Qashqadaryo viloyati Qamashi shahridagi G‘.G‘ulom nomli 63-maktab o‘qituvchisi Kibriyo Xolmatova III o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi Rayhona Ochilova II o‘rinni qo‘lga kiritdi.
2-Toshkent Yuridik kolleji huquqshunoslik fakulteti 2- bosqich o‘quvchisi Hurriyat Donoboyeva I o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Rag‘batlantiruvchi mukofot sohiblari:
O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya instituti 2-bosqich talabasi Nodirbek Yoqubov.
O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti 3-bosqich talabasi Ma’rifat Mavlonova.
Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 34-maktab o‘quvchisi E’zoza Usmonxo‘jayeva.
G‘oliblarni chin qalbdan qutlab, ularni tahririyat bilan bog‘lanishlarini so‘raymiz.