Tartibli uyqu o‘zlashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

Brigam ayollar shifoxonasi xodimlari har kuni bir xil vaqtda uyquga ketadigan odamlar noto‘g‘ri tartibda uxlaydiganlarga nisbatan yaxshiroq natija ko‘rsatishini aniqladi. Tadqiqotchilar 61 nafar talabaning sutkalik ritmlarini o‘rganib chiqdi. Ishtirokchilar 30 kun davomida uyqu haqida kundalik tutib borishdi. Shundan so‘ng olimlar talabalarning o‘zlashtirish darajasini uyqu muntazamligi ko‘rsatkichi bilan taqqoslab ko‘rdi. Kutilganidek, no‘to‘g‘ri tartibda o‘xlaydiganlarda ko‘rsatkich pastroq bo‘ldi. Bundan tashqari ular qiyinchilik bilan uxlagan, ertalab esa uyg‘otuvchi soatning vaqtini keyinga surib qo‘yish holatlari ko‘p kuzatilgan. Shuningdek ularda uyquni muvozanatga keltiruvchi melatonin gormonlari 2,6 soat kechroq ishlab chiqarilgan.

To‘g‘ri va noto‘g‘ri tartibda uxlaydigan talabalar o‘rtasida uyqu davomiyligi bo‘yicha farq topilmadi. Mutaxassislar fikricha, yorug‘likning to‘g‘ri ta’siri uyqu tartibini yo‘lga qo‘yishda yordam berishi mumkin. Masalan, ulardan kunduzi ko‘proq ko‘chada vaqt o‘tkazishi, kechasi esa kompyuter oldida uzoq o‘tirmaslik talab etiladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  ENUREZ: KICHKINA BOLANING KATTA MUAMMOSI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: