Shahrisabz shahridagi “Chorsu” majmuasida milliy san’at galereyasi ochildi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi “Chorsu” me’moriy majmuasida milliy san’at galereyasi tashkil etildi.

Galereyada Shahrisabz kulolchilik maktabi, xususan, uning kashtachilik, gilamdo‘zlik va tasviriy san’atiga oid ko‘rgazmalar o‘rin olgan. Bu yerga keluvchilar xalq amaliy san’atining durdona asarlari qatorida yosh, iste’dodli rassom va hunarmandlar yaratgan noyob ish namunalaridan bahramand bo‘lmoqda.

— Tadbirdan asosiy maqsad, xalqimiz, ayniqsa, chet ellik sayyohlarni vohamizning betakror san’ati bilan yaqindan tanishtirishdir, — deydi galereya tashkilotchilaridan biri, “Proatlasgroup” xususiy korxonasi rahbari Venera Abdurazzoqova. – Bu yerda taniqli hunarmandlar ishtirokida mahorat darslari, yosh rassomlar ko‘rgazmasi va milliy moda kolleksiyalari namoyishi o‘tkaziladi. Ishonamizki, bu maskan sayyohlarni jalb etish bilan birga, iste’dodli yoshlar uchun tajriba maktabi bo‘lib qoladi.

O‘zA

Yana o‘qing:  SOG‘LOM BOLA – OILA TAYANChI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: