Ukamning sog‘lig‘i yana tiklandi

Inson uchun salomatlikdan ko‘ra buyuk ne’mat yo‘q. Taning sog‘ bo‘lsa, hayotdan zavq olib yashaysan, elga astoydil xizmat qilasan. Bordi-yu betob bo‘lib qolsang, dunyo ko‘zingga qorong‘u bo‘lib ketadi. Ko‘ngildagi notinchlik oilangga ham o‘z tasirini ko‘rsatadi.

Ukam Ismoil Yo‘ldoshev odamlar g‘amini yeydigan, mehnatkash yigit edi. Uning samimiyligi, tashkilotchiligi hammaning havasini keltirardi. Keyingi yillarda hayotning yugur-yugurlari bilan bo‘lib, sog‘lig‘iga e’tibor bermadi. Birdan xastalanib qoldi. Bundan oilamizdagilarning ham tinchi yo‘qoldi. Ukam davo izlab, ko‘p joylarga bordi, tajribali shifokorlar ko‘rigidan o‘tdi, ularning maslahatlariga quloq tutdi. Lekin foydasi bo‘lmadi.

Oxir-oqibat Respublika Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti qoshidagi klinikada davolandi. Muntazam davo choralari, shifokorlarning e’tibori tufayli ukamning sog‘lig‘i yana tiklandi. U o‘zini avvalgidek, bardam seza boshladi. “To‘g‘ri tashxis – yarim davo” deganlaridek, Ismoil aniq tashxis tufayli dardidan butunlay xalos bo‘ldi.

Shu fursatdan foydalanib, ukamning joniga oro kirib, dardiga malham bo‘lgan klinika bosh vrachi Muhayyo Asilova, bo‘lim mudiri Xayrulla Fayzullayev, davolovchi shifokorlar – Zafar Meliyev, Ulug‘bek Mirzayev, Oybek Uralov, katta hamshira Matluba Odilova va hamshira Shahnoza Eshmuhamedovalarga oilamiz nomidan cheksiz minnatdorlik bildiraman.

Mehrixon ABDURAHMONOVA,

mehnat faxriysi

Yana o‘qing:  2 yoshli bolakay: u nimalarga qodir?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: