Har bir bolaga aytish kerak bo‘lgan 7 ibora

  1. Seni yaxshi ko‘raman – bola oilada o‘ziga bo‘lgan mehrni his etishi kerak. Shundagina, u chetdan o‘ziga mehr izlamaydi.
  2. Sen bilan faxrlanaman – bu bolada o‘ziga bo‘lgan ishonch hissini ortishiga sabab bo‘ladi.
  3. Meni kechir – agar ota-ona chindan ham aybdor bo‘lsa, buni bo‘yniga olishi kerak. Shunda farzandda ham qilgan ishiga nisbatan uzr so‘ray olish hissi shakllanadi.
  4. Seni kechirdim – bola qilgan qilmishi uchun chin dildan kechirim so‘rasa, unga kechirilganini bildirish muhim sanaladi. Agar aksi bo‘lsa, qilmishidan aybdorlik hissi yo‘qolib, “uzr so‘rash befoyda ekan” kabi yanglish tasavvurning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
  5. Seni eshitaman – bu iborani ota-onasidan tez-tez eshitib turgan bola oilaning muqaddas ekanligi, hayotda uni tushuna oladigan va tinglaydigan insonlar aynan oila a’zolari ekanligini anglaydi.
  6. Bu sening majburiyating – bolani erkalash bilan bir qatorda uning majburiyatlarini ham eslatib turish kerak. Ammo, bunda ota-ona me’yorni unutmasligi shart. Farzandning imkoniyatlari va qiziqishlaridan kelib chiqib, unga majburiyat belgilash eng to‘g‘ri yo‘l sanaladi.
  7. Sen buni uddalaysan – bu insonning o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirishda eng yaxshi vositadir. Unutmang, yaqinlar tomonidan bildirilgan ishonch kelajakda qo‘lga kiritilajak yutuqlar kalitidir.

Xurshida Husenova

Yana o‘qing:  Telefon qo‘ng‘iroqlaringiz qanchalik xavfsiz?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: