Ovqatlar haqidagi noto‘g‘riligi isbotlangan 12 afsona

Afsona

Oshxonada foydalaniladigan, yog‘ochdan yasalgan taxtachalar bakteriyalarni yig‘ish xususiyatiga ega.

Haqiqat

Tabiiy yog‘ochda bakteriyalar ko‘paymaydi.

Afsona

Suvga solingan tuz uning tez qaynashiga ko‘maklashadi.

Haqiqat

Tuzning miqdori suvning qaynashiga hech qanday ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Afsona

Tuxum qondagi xolesterin miqdorini ortishiga sabab bo‘ladi.

Haqiqat

Xolesterin miqdorining ortishiga to‘yingan yog‘lar va trans yog‘lar ta’sir etadi. Tuxumda trans yog‘lar mavjud emas, to‘yingan yog‘lar esa 1,5 gramni tashkil etadi.

Afsona

Alyumin folga va idishlardan foydalanish Alsgeymer xastaligiga sabab bo‘ladi.

Haqiqat

Organizmga tushgan alyuminiyni buyraklar o‘ziga tortib oladi va peshob orqali uni tashqariga chiqaradi.

Afsona

Energetik ichimliklar energiya manbai sanaladi.

Haqiqat

Tarkibida shakari mavjud mazkur ichimliklar sizga bir necha daqiqalik tetiklik bag‘ishlab, ortiqcha vazn yig‘ishingizga sabab bo‘ladi.

Afsona

Sut mahsulotlari – kalsiy manbai sanaladi

Haqiqat

Suyaklarning mustahkamligi faqatgina kalsiy va vitamin D ga bog‘liq emas. Vitamin K va magniy (u ko‘katlarda mavjud bo‘lib, sut mahsulotlarida uchramaydi) ham suyaklar salomatligi uchun zarur sanaladi.

Afsona

Yog‘li mahsulotlar organizm uchun foydali

Haqiqat

Yog‘siz taom orqali inson organizmi ozuqa moddalarining ko‘p qismini o‘ziga singdira olmaydi.

Afsona

Inson kun davomida sakkiz stakan suv ichishi kerak

Haqiqat

Suvning barcha uchun birdek belgilangan miqdori mavjud emas.

Afsona

18 : 00 yoki 19:00 dan keyin ovqatlanish mumkin emas.

Haqiqat

18:00 yoki 19:00 dan keyin yeyilgan ovqat g‘aroyib tarzda yog‘ga aylanib qolmaydi. Shunchaki, uxlashdan 2-3 soat oldin yog‘siz ovqat iste’mol qilishga o‘rganing.

Afsona

Qahva xastalikka chalingan yuraklar uchun tavsiya etilmaydi.

Haqiqat

Qahvani sevib iste’mol qiluvchilar orasida yurak xuruji xastaligi bilan kasallanganlar uni iste’moliga qarshilarga qaraganda 25 foizdan kamchilikni tashkil etadi

Afsona

Qaynatilgan sabzavotlarning foydalilik darajasi xomiga nisbatan ancha kam.

Haqiqat

Qaynatilgan sabzavotlar xomiga nisbatan foydali sanaladi. Qaynatish jarayoni qattiq hujayralar devoridan beta-karotin ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Xurshida Husenova

Yana o‘qing:  Qandsiz diabet nima?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: